Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan yagona savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish tizimi joriy etiladi.
“Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan aholining muammolarini aniqlash bo‘yicha yagona savolnoma tasdiqlanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyundan boshlab:
a) “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan:
yagona savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish tizimi joriy etiladi;
fuqarolarni birlamchi o‘rganish jarayonida faqat yagona savolnomadan foydalaniladi;
b) yagona savolnoma asosida aniqlangan birlamchi muammolarni “mahalla yettiligi” vakillari o‘zlarining idoraviy savolnomasidan foydalanib, atroflicha o‘rganish ishlarini tashkil qilinadi;
v) yagona savolnoma asosida fuqarolarning aniqlangan muammolari “mahalla yettiligi” vakillarining elektron platformalariga aholi bilan individual tartibda ishlash uchun buyurtma sifatida shakllantiriladi.
Bunda, buyurtmani “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi;
g) fuqarolarning yagona savolnoma asosida aniqlangan hamda “mahalla yettiligi” vakillariga hal etish uchun yo‘naltirilgan muammolarini ko‘rib chiqish va natijalarini elektron axborot tizimiga kiritish muddati o‘n kun etib belgilanadi.
Belgilanishicha:
a) “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan, quyidagi holatlarda yagona savolnomadan foydalanib, fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularga ijtimoiy-iqtisodiy yordam (xizmat) ko‘rsatish ishlari tashkil qilinadi:
fuqaroning murojaati asosida;
uyma-uy yurish orqali;
boshqa fuqarolar tomonidan shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (xizmat)ga muhtojligi to‘g‘risida xabar berilganda;
b) yagona savolnoma:
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “Raqamli mahalla” platformasida yuritiladi;
“mahalla yettiligi” vakillari tomonidan foydalaniladigan mavjud elektron platformalar “Raqamli mahalla” platformasi bilan o‘zaro integratsiya qilinadi;
v) yagona savolnomaga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, Yoshlar ishlar agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qo‘shma kelishuvga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi;
g) mahalla raisi quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:
yagona savolnoma asosida mahallalardagi xonadonlar va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash ishlarini mustaqil tashkil etilishi;
yagona savolnoma asosida aniqlangan hamda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilgan muammolarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ijobiy hal etilishi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va agentlik bilan birgalikda 2024 yil 1 avgustga qadar “Raqamli mahalla” platformasida “mahalla yettiligi”ning yagona savolnomasi natijasida aniqlangan muammolar bo‘yicha buyurtmalar shakllantirish hamda ushbu buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yo‘naltirishga imkon beruvchi “Yagona savolnoma” modulini ishga tushirilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
08:50 / 21.09.2024
«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi
19:47 / 25.06.2024
Hovli uylardan iborat mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi
08:59 / 27.05.2024
O‘zbekistonda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi
12:29 / 23.05.2024