Dastur doirasida:

  • mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagida bölgan fuqarolarga (özini özi band qilgan şaxslarga) garovsiz kreditlar miqdori 50 mln sömgaça oşiriladi;
  • çorvaçilikka ixtisoslaşgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli çorva mollari xaridi hamda tuyaçilik uçun kredit miqdori 100 mln sömgaça oşiriladi;
  • turizm salohiyati yuqori bölgan mahallalarda uy mehmonxonalarini taşkil qiliş, şuningdek ixtisoslaşuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş uçun minitexnologiyalar sotib olişga 150 mln sömgaça garovsiz kredit ajratiladi;
  • ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib beriş talabi bekor qilinadi.

Şuningdek, 2026 yil 1 martdan tijorat banklari tomonidan amalga oşirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslaşuvini çuqurlaştiriş böyiça ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga quyidagiça kompensatsiya taqdim etiladi:

  • mahsulot yetiştirişga qaratilgan loyihalar böyiça — foiz stavkasining 4 foizlik punkti;
  • qöşimça qiymat yaratadigan qayta işlaş loyihalari böyiça — foiz stavkasining 6 foizlik punkti.