DXX Surxondaryoda noqonuniy yer sotish holatiga chek qo‘ydi
Surxondaryo viloyatida tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i o‘z jiyani nomiga auksionsiz yer maydoni ajratib, uni katta pulga sotmoqchi bo‘lganda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
«Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i «Yoshlar - kelajagimiz» davlat dasturi doirasida «Qorayontoq» mahallasi hududidan 4,5 sotix yer maydonini o‘z jiyani nomiga «Yoshlar mehnat guzari» qurilishi uchun auksion savdolari o‘tkazmasdan ajratilishiga erishadi.
Afsuski, mazkur yer maydoniga «Yoshlar mehnat guzari» qurmasdan, aksincha, uni boshqa bir fuqaroga 180 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:38 / 25.11.2024
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
19:25 / 23.11.2024
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
19:15 / 23.11.2024