Jahon | 16:09 / 25.02.2026
11157
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi xorijlik kelinlar reytingi: o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda

2025 yilda 4 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayollar turklar bilan turmush qurgan. Bu borada yetakchi esa Suriya ayollari bo‘lib turibdi. 

Foto: AFP

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayollar Turkiyadagi chet ellik kelinlar reytingida peshqadamlardan biri bo‘ldi. 

Turkiya Statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda xorijlik kelinlarning 13,7 foizini o‘zbekistonlik ayollar tashkil qilgan. Ya’ni 3925 nafar o‘zbekistonlik ayollar turklar bilan turmush qurgan. 

Chet ellik kelinlar ro‘yxatida Suriya ayollari 13,8 foiz bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan turklar bilan turmush qurgan Marokash ayollari ham o‘rin olgan — 9,6 foiz. 

Ta’kidlash joiz, 2023 yilgi reytingda O‘zbekiston bu borada birinchi bo‘lgan, Suriya va Ozarboyjon ham kuchli uchlikdan o‘rin olgandi.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid