Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqida eng ko‘p soatbay ish haqi qaysi davlatlarda to‘lanadi?
2024 yilda YeIda o‘rtacha soatbay ish haqi 33,5 yevroni tashkil etgan.
Foto: AP
Yevropa Ittifoqida 2024 yilda o‘rtacha soatbay ish haqi 33,5 yevroni tashkil etdi — bu undan oldingi yilga nisbatan 1,6 yevroga ko‘p, deb xabar beradi Euronews.
Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, eng kam soatbay ish haqi Bolgariya (10,6 yevro), Ruminiya (12,5 yevro) va Vengriyada (14,1 yevro) qayd etilgan.
Eng ko‘p haq to‘lanadigan davlatlar qatoridan esa Lyuksemburg (55,2 yevro), Daniya (50,1 yevro) va Belgiya (48,2 yevro) o‘rin olgan.
Mehnat xarajatlarining ikki asosiy tarkibiy qismi – bu ish haqi va ish haqi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, masalan, ish beruvchilarning ijtimoiy badallari. Ish haqi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning ulushi Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotida 24,7 foizni tashkil etgan.
Yevropa Ittifoqida ish haqi bo‘yicha eng yuqori soatbay mehnat xarajatlari nodavlat notijorat sektorida (davlat boshqaruvi bundan mustasno) qayd etilgan — 34,2 yevro. Eng past ko‘rsatkich esa qurilish sohasida — 30 yevro.
Biroq Yevrozonada bu tafovut yanada sezilarli: eng yuqori soatbay ish haqi sanoat sektorida qayd etilgan (39,8 yevro), eng past ko‘rsatkich esa qurilish sohasida (33,4 yevro).
2023-2024 yillarda ish haqi umumiy iqtisodiyot bo‘yicha Yevropa Ittifoqida 5 foizga, Yevrozonada esa 4,5 foizga oshgan. Yevrozonadagi barcha davlatlarda ish haqi soatbay hisobda oshgan.
Mavzuga oid
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
15:06 / 11.02.2026
Yevroparlament boshpana berish bo‘yicha yanada qat’iy qoidalarni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026