O‘zbekiston | 12:16 / 22.05.2018
20293
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Davlat xaridlari portali rasman ishga tushdi

Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushdi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e'lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auksion shakllarida o‘tkaziladi. Bu, o‘z navbatida, davlat xaridlarining ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta'minlaydi.

Foto: xarid.uz


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasida vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining operatori sifatida belgiladi.

Elektron davlat xaridlari bo‘yicha barcha bitimlar elektron raqamli imzo (ERI) orqali tuziladi. Shuningdek, “XARID” elektron tizimiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) garov mablag‘larini kiritish orqali bitimlar ijrosini kafolatlash amaliyoti kiritilgan.
 
Birjada elektron davlat xaridlari masalalari yuzasidan (+998 71) 213-33-30 yoki 11-62 telefon raqamlari bo‘yicha  Call-markaz xizmati faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga oid