Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati bekor qilinadi
2026 yil 1 yanvardan davlat xaridlarida raqobatli usul orqali ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning “taklif so‘rovi” yangi tartib-taomili joriy etiladi.
“Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor narxini sun’iy intellekt asosida hisoblab beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran:
- to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati bekor qilinib, mazkur ro‘yxat bo‘yicha davlat xaridlari raqobatli usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi;
- “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berish haqida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda davlat xaridi ijrochisining nomi aniq ko‘rsatiladi;
- davlat xaridlarida raqobatli usul orqali ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning “taklif so‘rovi” yangi tartib-taomili joriy etiladi.
- davlat xaridlarida elektron do‘konga ofertalarni joylashtirish muddati 15 kundan 60 kungacha uzaytiriladi hamda tovarlarni yetkazib berish muddati kamida 5 kun etib belgilanadi;
- Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida xarid hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish muddatlari ularning qiymati va murakkabligidan kelib chiqib qisqartiriladi.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:10 / 30.06.2026