Light | 17:58 / 02.03.2017
28725
3 daqiqa o‘qiladi

Fotosayohat: Murad Buildings tomonidan 3 kun ichida qurilgan mo‘'jazgina uycha

O‘zEkspomarkazda 1-3 mart kunlari 18 marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro UzBuild 2017 ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. 

Mazkur ko‘rgazmada ilk marotaba Murad Buildings kompaniyasi ham o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. 

Uch kun ichida ko‘rgazma uchun atayin qurib bitkazilgan noodatiy ko‘rinishdagi stend barchaning e'tiborini tortmoqda: u ikki qavatli shinamgina uychani o‘zida aks ettiradi.

Birinchi qavatda tadbir mehmonlari Murad Buildings tomonidan loyihalashtirilgan yangi uylarning maketini tomosha qilishlari mumkin. Ikkinchi qavatda esa mo‘'jazgina ayvon joylashgan bo‘lib, u yerda dam olib, atrofni kuzatish, mazali shirinliklardan bahramand bo‘lish imkoni mavjud. 

Ko‘rgazmaning ilk kunida OAV xodimlari uchun kompaniya asoschisi Murod Nazarov tomonidan maxsus press-tur tashkil etildi. 

Sayohatning birinchi manzili: "Mufarrah" koshonasi. Mazkur ko‘p qavatli turar-joy Murod Nazarovning onasi sharafiga bunyod etilgan. 

Ikkinchi manzil: "Do‘stlar" turargohi. Mazkur imoratning maketi o‘zgacha ko‘rinishda bo‘lib, barchaning ahil-inoqlikda, do‘st bo‘lib yashashini ta'minlaydi. 

Binoning eng ustki qismida shisha derazalar bilan qoplangan ijtimoiy dam olish maskani barpo etiladi: u yerda aholi har qanday ob-havo sharoitida ham suhbat qurib, ham hordiq chiqarishi uchun barcha imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, bolalar uchun maxsus o‘yin maydonchalari quriladi. 

Loyiha kelasi yilning boshida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Uchinchi bino - "Felichita" (italyanchadan "Baxt" ma'nosini anglatadi) har qanday nozik did sohiblarini ham lol qoldirishiga ishonamiz. 

Mazkur imoratning yaratilish g‘oyasi o‘z tarixiga ega: kompaniya asoschisi Pragaga sayohat qilganida "Parij" mehmonxonasining tashqi va ichki intereridan ilhomlanadi va O‘zbekistonda ham aynan shu imoratga o‘xshash go‘zal va betakror inshoot qurishga qaror qiladi. 

Qayd etish lozimki, sentabr oyida ochilishi rejalashtirilgan mazkur uyning qariyb 50 foizi sotib bo‘lingan.

Stendning ikkinchi qavatida Murod Nazarov jurnalistlar bilan suhbat o‘tkazib, savollarga kerakli javoblarni berib o‘tdi. 

Fikrimizcha, mazkur shinam uycha ko‘rgazmaning "eng eksklyuziv, noodatiy" stendiga aylandi. Xonaning did bilan bezatilgani kompaniya o‘z ishiga qanchalik mas'uliyat bilan yondashishidan darak beradi. 

Darvoqe, bunga o‘zingiz ham tashrif buyurib, baho berishingiz mumkin. Ko‘rgazma joriy yilning 3 mart kunigacha davom etadi.

Feruza Avazova tayyorladi.

Mavzuga oid