MAKON – bu marketing va PR mutaxassislari uçun mamlakatdagi eng yirik forum hisoblanadi. Tadbir davomida Italiya, Rossiya, Qozoğistondan 5 nafar taniqli ekspert va 6 nafar mahalliy ma’ruzaçilar sözga çiqib, bozorning eng dolzarb mavzulari haqida fikr almaşişdi.

Yil brendi – bu Özbekiston xalqi va turli sohalarning yetakçi mutaxassislari fikriga köra, tovarlar va xizmatlarning eng ommabop toifalari böyiça Özbekistonning eng yaxşi brendlariga beriladigan mukofotdir. Bu yilgi ovoz berişda iştirokçilar soni rekord darajaga yetdi – röyxatga olingan akkauntlar soni 698 431 tani taşkil etdi.

“Köçmas mulk” toifasida brendga bölgan haqiqiy işonç yana bir bor namoyon böldi, unda iste’molçilar ketma-ket 3 yil Murad Buildings developerlik kompaniyasiga ovoz bermoqdalar. Xuddi şu nominatsiya böyiça ekspert hakamlar hay’ati e’tirofini Nest One kompaniyasi qölga kiritdi, bu ham Murad Buildings'ning qöşma loyihasidir.

“Yil brendi” mukofoti şu tariqa yangi brendlarni qöllab-quvvatlaydi va mahalliy marketing guruhlari işini rağbatlantiradi. Ötkazilayotgan tadbirlar yildan yilga Özbekistonda tadbirkorlik va reklama xizmatlarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

Reklama huquqi asosida