O‘zbekiston | 10:22 / 29.06.2019
115192
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari iste'foga chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida yangi o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Abitovich Nazarmuhamedov iste'foga chiqarilgan. Uning o‘rniga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Aziz Anvarovich Toshpo‘latov

Bundan tashqari, IIV Tergov departamenti boshlig‘i, vazir o‘rinbosari Akromxon Boboxonov ham iste'foga chiqarilgan. Uning o‘rnini shu vaqtga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev egallagan. 

Похожее изображение
Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev

Davron Abitovich Nazarmuhamedov yangi tayinlovga ko‘ra, Xorazm viloyati IIB rahbari sifatida ish olib boradi. 

Davron Abitovich Nazarmuhamedov

Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Akramxon Boboxonov

Ta'kidlanishicha, vazirlik rahbariyatida bir necha tayinlovlar amalga oshirilgan. 

Mavzuga oid