11 aprel kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri içki işlar organlarida «dejurniy jabrlanuvçilar» amaliyoti şakllanayotgani, ayrim holatlarda «jinoyatçiga aylantiriş» usuli kuzatilayotgani haqida savolni kötardi.

Içki işlar vaziri örinbosari, Tergov departamenti rahbari Ramazon Aşropov mazkur masala yuzasidan tekşiruvlar boşlanganini ma’lum qildi.

U xizmat tekşiruvlari yoki suriştiruvlar jarayonida «navbatçi jabrlanuvçilar» holatlari aniqlansa, tegişli çoralar körilişini ta’kidladi.

Şuningdek, sudlar tomonidan yuborilayotgan xususiy ajrimlar ham örganilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarni biz ham kuzatib, monitoring qilib körib boramiz. Negativ holatlar tahlil qilinadi va bartaraf etiş çoralari belgilanadi. Kelib tuşayotgan har bir material tergovga qadar tekşiruv ötkazuvçi – YHXV, profilaktika va jinoyat-qidiruv bölinmalari tomonidan örganiladi.

Sizlarning e’tirozingizdan keyin haqiqatan bunday holat bormi-yöqmi, tekşirişga kirişdik. Bu masala böyiça alohida reyestr yuritilyapti. Albatta, bu töğri kötarilgan masala, “dejurniy jabrlanuvçilar” bölişi mumkin. Qonun buzilişi aniqlansa, barçasiga nisbatan qonun ustuvorligi ta’minlanadi», – dedi Aşropov.

Ma’lum qilinişiça, hozirda har bir hudud böyiça kelib tuşayotgan materiallar yuzasidan alohida reyestr şakllantirilgan. U 208 ta tuman kesimida yuritilib, nazorat şaxsan vazir örinbosari zimmasiga olingan.

Avvalroq Kun.uz’da Jizzax viloyatida «dejurniy jabrlanuvçi» orqali jinoyat işi yasaşga uriniş va bu «dejurniy jabrlanuvçi» bir neça jinoyat işlarida arizaçi sifatida qatnaşgani oçiqlangan edi.