Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda kitoblar sotuviga yo‘naltirilgan ma'naviy-ma'rifiy majmua ish boshladi
Jizzaxda mustaqillik bayrami arafasida “Jizzax kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy majmuasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan barpo etilgan majmuada mamlakat nashriyotlarida chop etilgan 20 ming nusxadan ziyod turli kitoblar sotilmoqda. Alohida bolalar bo‘limi, mavzular bo‘yicha peshtaxtalar, ko‘rgazmalar tashkil etilgani xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
– Shahrimizda bunday zamonaviy kitob savdosi majmuasining ishga tushirilganidan xursandmiz, – deydi Jizzax shahridan Dilorom Rasulova, – Sotuvda so‘nggi paytda nashrdan chiqqan barcha kitoblar bor ekan. Ayniqsa, maktab boshlanishi oldidan darsliklar, o‘quv qurollari savdosi yo‘lga qo‘yilgani bolalarimizga ham, ota-onalarga ham katta qulaylik yaratmoqda.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
17:50 / 03.02.2026
Yangi Jizzax shahri quriladi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
10:15 / 13.01.2026