«2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027 yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik örtaça 8,5 foizga, sanoat işlab çiqariş hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmi 4,6 foizga ösişini ta’minlaş;
- 2026 yilda işsizlik darajasini 3 foizga va kambağallik darajasini 2,8 foizga tuşiriş, Jizzax şahri, Şarof Raşidov, Baxmal, Ğallaorol, Döstlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş.
- Baxmal, Ğallaorol, Zomin, Foriş va boşqa tumanlarning 57 ta boğdorçilikka ixtisoslaşgan mahallalarida 5 ming gektar eski boğ va tokzorlarni yangilaş belgilandi.
- Şarof Raşidov, Döstlik, Ğallaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani öz faoliyati bilan qamrab oluvçi 5 ta tadbirkorlik markazlari taşkil etiladi.
- Jizzax şahri va Şarof Raşidov tumani örtasidagi 40 gektar böş yer maydoniga Yangi Jizzax şahrini joylaştiriş hamda unda 1200 xonadonli 50 ta köp qavatli uylarni quriş belgilandi.












