Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank qo‘shni davlatlar valyutasining so‘mga nisbatan rasmiy kurslarini ham e'lon qildi
Bugundan boshlab yurtimizdagi tijorat banklarda aholidan valyuta ayriboshlash boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlar valyutasini qiynalmasdan so‘mga almashtirgan insonlar fotosuratlari bilan to‘lib-toshmoqda.
Tijorat banklarining barchasida 1 AQSh dollari 8000 so‘mdan so‘mga ayriboshlab berilmoqda. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kechagina 7600-7800 so‘m atrofida bo‘lgan «qora bozor» kursi ham bugunga kelib 8050 so‘mga ko‘tarilgan.
Yana bir e'tiborli holat — Markaziy bank 2017 yil 5 sentabrdan boshlab chet el valyutalarining so‘mga nisbatan kursini belgilashda kursi belgilanadigan valyutalar qatorini ancha kengaytirib, unga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va hatto Afg‘oniston milliy valyutalarini ham kiritgan.
«Ilgari mazkur valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi belgilanmas va hatto bu valyutalarda eksport-import shartnomalari tuzilishiga ham yo‘l qo‘yilmas edi, qandaydir tasodifiy yo‘l bilan ushbu valyutalarda bitimlarni statistika uchun qayd etish uchun lozim bo‘lganda esa kross-kurslardan foydalanilar edi. Bu juda arzimasdek holat bo‘lishi mumkin, lekin buning negizida juda katta ramziy ma'no va ishoralar bor.
Demak, qo‘shnilar bilan savdo-sotiq munosabatlari bardavom bo‘ladi, unga asosiy urg‘u beriladi», — deyishmoqda ekspertlar.
Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Mavzuga oid
13:10 / 08.01.2026
Noyabr oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan uch davlatdan biri bo‘ldi
07:30 / 08.01.2026
Yevropa valutalari xaritasi: eng qimmat valuta qaysi?
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
17:42 / 05.01.2026