O‘zbekiston | 08:00 / 10.09.2021
6480
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Madaniyat vazirligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Madaniyat vazirligi to‘g‘risida Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Madaniyat vazirligi organlarining tizimini;
  • Vazirlik, uning Markaziy apparati, hududiy organlari, viloyat va tuman (shahar) madaniyat boshqarmalarining vazifalari va funksiyalarini;
  • vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini;
  • vazirlik faoliyatini tashkil etish va uning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini;
  • Vazirlik hay'ati ishini tashkil etishni;
  • Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlarini;
  • Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishni;
  • Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga hisob berishini.

 Quyidagilar Madaniyat vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma'naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma'rifiy ishlarni amalga oshirish;
  • badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san'atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish;
  • madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish;
  • davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Mavzuga oid