3 mart kuni Madaniyat vazirligida Özbekistondagi konsert-tomoşa faoliyatida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy işlar hamda «San’atkor odobi» mavzusida yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat vazirining birinçi örinbosari Bahodir Ahmedov, diniy qömita matbuot kotibi Ilhom Ma’rufov, «Özbekkonsert» rahbariyati va xonandalar qatnaşgan.
Yiğilişda özbek san’atkorlarining ma’naviy-madaniy faoliyati, «San’atkor odob-axloqi», «Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi» mazmuni, şuningdek san’atkorlarning konsert-tomoşa faoliyati uçun litsenziya talab va şartlari hamda mualliflik huquqi kabi masalalar muhokama qilingan. Majlisda şuningdek, «Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni va bir qança nizomlar yuzasidan tuşuntiriş berilgan.

«Yiğiliş davomida «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga asosan «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşirişda san’atkorlarning majburiy talablarga rioya qilişi hamda asosiy litsenziya talablarida ijroçilarning «konsert-tomoşa sohasida u yoki bu dinni tarğib qilmaslik» masalalari ham muhokama qilindi.
Şuningdek, yiğilişda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari va boşqa qonunçilik hujjatlariga sözsiz rioya etilişi, boşqa davlatlarda bölganida öz mamlakat şa’nini e’zozlaşi odob-axloq, madaniyat, özbekona qadriyatlarni unutmaslik haqida söz bordi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, madaniyat vazirining birinçi örinbosari Bahodir Ahmedov — milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga hurmat bilan munosabatda böliş, dabdababozlik, şohona hayotni köz-köz qilmaslik va boşqa salbiy illatlarga yöl qöymaslik, jamoat joylarida, atrofdagilar e’tiborini tortuvçi ortiqça salbiy harakatlarga yöl qöymaslik haqida ta’kidlab ötgan.

«Şu bilan birga kuy-qöşiqlarning mazmuniga e’tibor qaratiş, mualliflik huquqlarining buziliş holatlariga ham töxtalib ötildi. Şuningdek, öz ijodlari davomida vatanga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik ruhidagi qöşiqlarni köpaytiriş, ösib kelayotgan yoş avlodga namuna bölişlari aytib ötildi»













