O‘zbekiston | 15:00 / 03.12.2025
2092
3 daqiqa o‘qiladi

Changan Yangi yil aksiyasida qimmatbaho sovrinlar ulashadi

 “CHANGAN AUTO DISTRIBUTION” MChJ kompaniyasi Changan avtomobillarining barcha xaridorlari uchun keng ko‘lamli yangi yil aksiyasini boshlamoqda. 1 dekabrdan 31dekabrgacha bo‘lgan davrda rasmiy dilerlardan yangi avtomobil xarid qilgan har bir mijoz avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi va o‘nta qimmatbaho sovg‘adan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foto: Changan

Asosiy sovrin - Dubayga sayohat

Aksiyaning bosh sovrini sifatida dunyoning eng yorqin va shiddatli shaharlaridan biri – Dubayga sayohat imkoniyati taqdim etiladi. G‘olibni ikki kishilik, 7 kunlik “all inclusive” (parvoz, yashash va ovqatlanishni o‘z ichiga olgan) dastur bo‘yicha uzoq vaqt yodda qoladigan unutilmas sayohat kutmoqda.

Bosh sovrindan tashqari, yangi yil aksiyasi ishtirokchilari yana boshqa yoqimli va zamonaviy sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sovrinlar hayotga qulaylik va zavq bag‘ishlash, Changan brendining mijozlarga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatish maqsadida tanlangan:

  • PlayStation
  • Apple Watch
  • Robot-changyutgich
  • Havo tozalagich
  • Oshxona kombayni
  • Aerogrill
  • Avtomobil yuvish uchun karcher
  • Qahva qaynatgich
  • Multivarka

Bu sovg‘alar har bir xonadonga iliqlik va qulaylik olib kirishga xizmat qiladi.

Aksiyada ishtirok etish shartlari quyidagicha:

1. Joriy yilning 1 dekabridan 31 dekabrigacha bo‘lgan muddatda Changan rusumli avtomobilini xarid qilish.

2. Dilerlik markazidan noyob identifikatsiya raqamiga ega lotereya kartasini olish.

3. Diler tomonidan mijoz ma’lumotlarining yagona tizimga kiritilishi natijasida avtomatik ravishda ushbu tanlovning ishtirokchisiga aylanasiz. Qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni talab etilmaydi. Aksiyada jismoniy hamda yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Yutuqli o‘yinning yakuniy natijalari tantanali ruhda e’lon qilinadi. Mazkur tadbir, barcha ishtirokchilar jarayonni bevosita kuzatib borishlari uchun, onlayn tarzda translatsiya qilinadi.

Yakuniy tadbir sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

“CHANGAN AUTO DISTRIBUTION” MChJ kompaniyasi g‘oliblarni aniqlashning to‘liq shaffof mexanizmini kafolatlaydi.

Barcha raqamlar yutuqli o‘yinda teng shartlarda ishtirok etadi.

G‘oliblar barcha haqiqiy kartochkalar orasidan tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi.

Nima uchun Changan tobora ko‘proq xaridorlar e’tiborini tortmoqda?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Changan avtomobillari zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologik yechimlar va yuqori ishonchlilikning uyg‘unligi tufayli bozordagi o‘z mavqeyini jadal mustahkamlamoqda. Brend xavfsizlik, qulaylik va foydalanishdagi amaliylikka katta e’tibor qaratadi, bu esa O‘zbekistondagi xaridorlar uchun asosiy tanlov omillariga aylanib bormoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:2

Telefon: +998712088855

Rasmiy veb-sayt | Instagram | Ommaviy oferta

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid