Keça, 11 aprel kuni soat 21:53 da A-373 «Toşkent-Öş» avtomobil yölining Qamçiq dovoni qismida yonğin sodir bölgan.

FVV xabariga köra, «Toşkent-Vodiy» yönalişida harakatlangan Changan rusumli avtotransport vositasi yukxonasida bölgan elektroskuterning quvvatlagiçida yuzaga kelgan qisqa tutaşuv natijasida yonğin kelib çiqqani töğrisida «Qamçiq» maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasiga xabar qilingan.

Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 22:09 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 22:11 da örab olingan va soat 22:12 da yonğin töliq bartaraf etilgan.

Yonğin natijasida avtotransport vositasining salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yukxonada bölgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yonğindan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.