Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident tanqididan so‘ng prokuraturada bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi
Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot tizimi mas’ullarini qattiq tanqid qilgandi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida xizmat qilgan xodimlarni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirda Nig‘matilla Yo‘ldoshev faxriy xodimlarning qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etgan hamda ularning kasbiy mahorati va boy hayotiy tajribasi yosh xodimlar uchun ibrat ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot tizimi mas’ullarini qattiq tanqid qilgan, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev hamda Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonovga «hayfsan» berib, olti oylik sinov muddati tayinlagandi.

Prezident shuningdek, nafaqa yoshidan keyin ham rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga e’tibor qaratgan edi. Yig‘ilishda qayd etilishicha, huquq-tartibot tizimida xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsa-da, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlamoqda.
Mavzuga oid
15:27 / 20.05.2026
Soliqchilarga to‘lanadigan ustamalar oshirildi
11:13 / 23.04.2026
1 iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish tizimi o‘zgaradi
13:54 / 20.04.2026
«Tanqidlar o‘rinli». Kudbiyev qimmatbaho soati yuzasidan izoh berdi
12:31 / 03.03.2026