Reyd davomida “Qaşqadaryo” daryosi özanidan 39,5 ming m³ tabiiy qum xomaşyosini maxsus texnikalar yordamida özboşimçalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd söm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro A.X. va boşqalar Ğuzor tumanidagi “Qovçin” MFY hududidan oqib ötuvçi Qaşqadaryo daryosi özanidan noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xomaşyosini ruxsatsiz qazib olgan. Uşbu harakatlar natijasida 39,5 ming m³ qum qazib olingani, davlat va jamiyat manfaatlariga esa 1 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (özboşimçalik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












