O‘zbekiston | 17:00 / 08.05.2026
1388
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mirabad Square - International Property Awards tanlovida jahon miqyosida e’tirof etildi

Apex Development holdingining debyut loyihasi - premium toifadagi Mirabad Square turar joy majmuasi butun dunyo bo‘ylab arxitektura va development sohasidagi yutuqlarni munosib taqdirlaydigan nufuzli International Property Awards mukofotining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Foto: Apex Development

Mirabad Square o‘zi taqdim etilgan barcha beshta nominatsiya bo‘yicha mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

• Masterplan — bosh reja

• Mixed-Use Architecture — ko‘p funksiyali arxitektura

• Public Service Development — infratuzilma va jamoat joylarini rivojlantirish

• Leisure Development — hordiq chiqarish maskanlari

• Retail Architecture — savdo maydonlari arxitekturasi

Xalqaro ekspertlar hay’ati loyihani kompleks ravishda: konsepsiyaning puxta ishlab chiqilganidan tortib, me’moriy yechimlarning sifati va dolzarbligigacha bo‘lgan barcha jihatlar asosida baholadi.

Turli yo‘nalishlardagi ushbu g‘alabalar Mirabad Square shunchaki turar joy majmuasi emas, balki farovon hayot, hordiq va ish uchun mukammal infratuzilma yaratilgani, har bir jihati puxta o‘ylangan “shahar ichidagi shahar” ekotizimi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Nufuzli International Property Awards mukofotining beshta nominatsiyasida e’tirof etilishimiz kompaniyamiz strategiyasini yanada mustahkamladi — biz O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida yangi trendlarni shakllantiradigan va jahon sifat standartlariga to‘liq javob beradigan loyihalarni yaratishda davom etamiz.”

Shuhrat Shamsutdinov,

Apex Development

Xalqaro mukofotlar loyihaning nufuzini tasdiqlaydi, biroq uning haqiqiy ko‘lamini jonli ravishda baholagan ma’qul. Sizni Mirabad Square savdo ofisiga mutlaq qulaylik falsafasi bilan yaqindan tanishish, loyiha maketini ko‘zdan kechirish va uning mahobatli ko‘lamiga shaxsan amin bo‘lish uchun taklif etamiz.

Savdo ofisining manzili: Toshkent sh., Avliyo ota ko‘chasi, 124.

Telefon: (+998) 55−055−55−55

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid