Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston bilimdonlari “Zakovat”da bellashadi
Foto: "Zakovat" klubi
Bugun, 5 avgust kuni Ostona shahrida “Zakovat Asian Cup” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari bellashadi.
Turnirda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov ishtirok etmoqda.
“Zakovat” klubi a’zosi, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, asosiy maqsad – ma’lum qobiqdan chiqish. “Zakovat” bu – avvalo mantiqiy fikrlash. Qozog‘iston jamoasi ham juda kuchli, ikki marta ularga yutqazganmiz, deydi klub a’zosi.
“Zakovat Asian Cup”dan oldin, 3-4 avgust kunlari Ostonada “Zakovat”ning sportcha versiyasi, Shaxsiy o‘yin va Breyn-ring bo‘yicha rus tilida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida Uch qit’a ligasining Osiyo hisobi bo‘yicha finali ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
11:41 / 24.10.2025
Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini tabrikladi
21:03 / 21.08.2025
Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonda o‘tgan “Zakovat” turniri g‘oliblarini tabrikladi
20:27 / 18.08.2025
Bishkekda “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati yakunlandi
11:42 / 16.08.2025