O‘zbekiston | 14:18 / 05.08.2024
2969
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bilimdonlari “Zakovat”da bellashadi

Foto: "Zakovat" klubi

Bugun, 5 avgust kuni Ostona shahrida “Zakovat Asian Cup” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari bellashadi.

Turnirda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov ishtirok etmoqda.

“Zakovat” klubi a’zosi, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, asosiy maqsad – ma’lum qobiqdan chiqish. “Zakovat” bu – avvalo mantiqiy fikrlash. Qozog‘iston jamoasi ham juda kuchli, ikki marta ularga yutqazganmiz, deydi klub a’zosi.

“Zakovat Asian Cup”dan oldin, 3-4 avgust kunlari Ostonada “Zakovat”ning sportcha versiyasi, Shaxsiy o‘yin va Breyn-ring bo‘yicha rus tilida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida Uch qit’a ligasining Osiyo hisobi bo‘yicha finali ham o‘tkazildi.

Mavzuga oid