Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda bir million kishi Yevropa Ittifoqi fuqarosiga aylangan
Foto: Yeni Asya
2016 yilda deyarli bir million kishi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar fuqaroligini olgan.
Yevropa Ittifoqi statistika xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda YeI fuqaroligini 995 ming kishi olgan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 841 ming, 2014 yilda 889 ming kishini tashkil qilgan.
Yevropa Ittifoqi fuqaroligini eng ko‘p marokashliklar (101300 kishi), albaniyaliklar (67500 kishi), hindistonliklar (41700 kishi) va pokistonliklar (32900 kishi) olishgan.
Marokashliklarning 89 foizi Ispaniya, Italiya va Fransiya, albaniyaliklarning 97 foizi Italiya va Gretsiya, hindistonliklarning 60 foizi va pokistonliklarning 50 foizi Buyuk Britaniya fuqaroligini olishgan.
Yevrostatning ma'lum qilishicha, 2016 yilda 32800 nafar turkiyalik YeI fuqaroligini olgan. Ulardan 50 foizdan ko‘prog‘i Germaniya fuqarosiga aylangan.
Mavzuga oid
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
22:45 / 06.01.2026