Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Janubiy Amerikadagi Mercosur ittifoqi (Braziliya, Argentina, Urugvay, Paragvay) örtasida erkin savdo kelişuvini imzolaş kelasi hafta Paragvayda bölib ötişi kerak. Bryusselda YeI davlatlari vakillari uçraşuvida iştirokçilarning köpçiligi ana şu kelişuvni qöllab-quvvatlab ovoz berdi, deb xabar berdi 9 yanvar kuni dpa agentligi.

Hujjat ma’qullanişi uçun uni kamida 27 davlatdan 15 tasi qöllab-quvvatlaşi va ular YeI aholisining kamida 65 foizini taşkil etişi talab qilinadi. Germaniya kansleri Fridrix Mers buni “Yevropa savdo siyosatida muhim bosqiç” hamda YeIning strategik suvereniteti va amaliy salohiyatiga oid “muhim signal” deb atadi. Mers fikriça, uşbu kelişuv Yevropa iqtisodiyotini va umuman Janubiy Amerika bilan savdo aloqalarini mustahkamlaydi.

Öz navbatida, Germaniya vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl AQŞ prezidenti Donald Trampning bojxona siyosati fonida şunday dedi: “Boşqalar yopilib, tobora agressivroq savdo siyosati yuritayotgan bir paytda, biz yangi şerikliklarga tayanyapmiz”. Avvalroq Germaniya hukumati ham Mercosur bilan kelişuvni qutlagan — çunki u, jumladan, YeIning Xitoy bilan savdoga bölgan qaramligini kamaytirişga qaratilgan.

Yevropaliklar murosaga qişloq xöjaligi sohasida qöşimça yon bosiş hisobiga kelgan. Ilgari YeIning ayrim davlatlari, jumladan Italiya, Fransiya va Polşa Mercosur davlatlari bilan şartnoma imzolanişiga qarşi çiqqan — ular Janubiy Amerikada bir qator asosiy mahsulotlar, xususan mol göşti, Yevropa bilan soliştirganda ança arzonligi sabab, öz fermerlari uçun salbiy oqibatlardan xavotir olgan. Şu e’tirozlarga qaramay, Yevropa komissiyasi (YeK) va Mercosur 2024 yil dekabrda kelişuv ustidagi işni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Biroq tanqidçilar hali ham Yevropa fermerlari murosasiz narxlar uruşiga majbur bölişi, Janubiy Amerikada esa tropik örmonlarni kesiş kuçayişi mumkin, deb hisoblaydi, deb eslatadi dpa. Qolaversa, oziq-ovqat xavfsizligi, hayvonot va ösimliklarni himoya qiliş böyiça YeIning qat’iy standartlari buzilişi ehtimoli ham tilga olinadi. Şu bilan birga, YeK YeIga faqat Yevropa me’yorlariga javob beradigan mahsulotlar import qilinişini ta’kidlamoqda.

Mercosur tarkibiga Boliviya ham qöşilgan, ammo u erkin savdo kelişuvi afzalliklaridan foydalanişidan oldin öz qoidalarini moslaştirişi kerak böladi. Ilgari esa Venesuela birlaşmadan çiqarilgan.

Yevropa komissiyasi (YeK) 3 sentabr kuni Mercosur bilan bahsli bölib kelgan savdo kelişuvini ratifikatsiya qiliş jarayonini boşladi — şartnoma matnini rasman tasdiqlab, uni körib çiqiş uçun YeI Kengaşiga yubordi. “Kelişuv savdo masalalaridan ança keng. Bu YeIning ikki tomonni ham mustahkamlaydigan ittifoqlar tuzişga sodiqligining namunasidir”, — degan Bryusselda YeI taşqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas.