O‘zbekiston | 10:29 / 19.12.2020
3463
2 daqiqa o‘qiladi

Ilhom Ne'matov MDH ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritadi

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibining o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Ilhomjon Ne'matov Namangan viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatiya akademiyasini tugatgan.

1992 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.

Ilhomjon Ne'matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Mavzuga oid