Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda MDH davlatlari razvedka xizmatlari rahbarlari uchrashadi
Joriy yilning 17 oktyabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshlaydi.
Mamlakatda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Uchrashuvga O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raislik qiladi.
Tadbirda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha galdagi vazifalarni muhokama qiladilar.
Tadbir o‘tkaziladigan joy va kun tartibi 2024 yil 26 noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 20-yubiley majlisda belgilab olingan edi.
Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026