Anjuman avvalida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning majlis iştirokçilariga tabrik sözi öqib eşittirildi.
Unda ta’kidlanganidek, mazkur kengaşning har yilgi majlislari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyuşgan jinoyatçilik va boşqa zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda hamkorlik qiliş va tajriba almaşiş uçun mustahkam asos yaratdi.

Davlat rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi. Afğonistondagi beqaror vaziyat, xalqaro terrorçi guruhlar faoliyati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va transçegaraviy uyuşgan jinoyatçilik şular jumlasidan ekanligi körsatib ötildi.
Şu bilan birga, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş va sun’iy intellektdan ğarazli maqsadlarda foydalanişning oldini oliş böyiça hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi qayd etildi.

Prezident global xavfsizlik masalasiga alohida töxtalar ekan, mintaqa atrofi va Yaqin Şarqda yuz berayotgan nizolar barçani çuqur taşvişga solayotgani, ular iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir körsatayotganini ta’kidladi.
Uşbu omillar jahon bozorida nosoğlom raqobatning kuçayişi, energiya manbalari narxining oşişiga olib kelmoqda. Şuningdek, energetika va transport sohalarida milliy va xalqaro loyihalarni amalga oşirişga tösqinlik qilmoqda.

Özbekiston prezidenti şunday murakkab şaroitda MDHga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, iqtisodiy, energetika va kommunikatsiya tizimlarini barqaror rivojlantiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda ularning sa’y-harakatlarini birlaştiriş muhimligini alohida ta’kidladi.












