Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YUNISEF: oilalardagi kam daromad bolalarning ta'lim olishiga to‘sqinlik qiladi
Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati
Oilalardagi kam daromad — bolalarning kelajakda munosib ish topishga imkon beradigan bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga yordam beradigan muhitda o‘sishlariga to‘sqinlik qiladi. YuNICEF va Jahon banki tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, eng kam ta'minlangan oilalardagi bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga borish imkoniyati o‘ziga to‘q oilalardagi bolalarga nisbatan 1,4 barobar kamdir. Bu haqda YUNISEF va «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan tadbirda aytiladi.
1 fevral kuni davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari vakillari, shuningdek, xalqaro ekspertlar «O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini isloh qilishning dolzarb vazifalari» mavzusidagi strategik muloqotda ishtirok etishdi.
«So‘nggi ikki yil ichida hukumat bir qator islohotlarni amalga oshirishni boshladi. Iqtisodiy islohotlar ko‘pincha oilalarning zaifligini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan xavflar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun kuchli ijtimoiy himoya tizimi davom etayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lishi kerak», — dedi YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha turli tavsiyalarni ko‘rib chiqdilar. YuNICEF mavjud siyosatni isloh qilish variantini taklif qildi. Mazkur tavsiyalarning bajarilishi 2030 yilga borib bolalar nafaqalari ta'sirida umumiy kam ta'minlanganlik darajasini 8 foizdan 21 foizgacha kamaytirishi, shuningdek 2034 yilga borib 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nafaqalar bilan qamrab olish miqyosini qadamba-qadam kamida 75 foizga yetkazish imkonini berishi mumkin.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025
Har yili 600 nafar chet ellik “til egasi” bo‘lgan mutaxassis ta’limga jalb etiladi
10:44 / 27.12.2025