1 fevralgacha mahallalar uchun bankirlar tayinlanadi
1 fevralgacha tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga mahalla bankirlari tayinlanadi. Har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan yordamchi-agentlar tanlab olinadi. Mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar jami qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan loyihalarni moliyalashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Bu haqda 16 dekabr kungi selektorda topshiriq berilgan edi. Shundan kelib chiqib, 2025 yilda jami 5,2 million nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirildi.
Shu maqsadda 208 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi, bunda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yildi.
Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi. 2025 yil 1 fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.
Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:52 / 07.01.2025
Uchta davlat bankini xususiylashtirish keyinroqqa qoldirildi
15:46 / 06.01.2025
Pokistonda o‘zbek banklari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
17:20 / 03.01.2025
Kambag‘al davlatlarga ko‘mak berish Jahon banki uchun qiyinlashib bormoqda
13:51 / 24.12.2024