Belgilanishicha, mazkur nominatsiya g‘oliblarini aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni;
- har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
- mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi.















