Hujjatga köra, ma’muriy videokuzatuv tizimlari asosida:

obodonlaştiriş va qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi qonunbuzilişlar avtomatik tarzda qayd etiladi;
mahalla hududlarida giyohvand moddalar tarqatilişining oldini olişga kömaklaşiladi.

Şuningdek, raqamli videodomofon tizimlari joriy etilib:

turar joy binolari atrofini doimiy nazorat qiliş;
aholini tezkor xabardor qiliş va fuqarolar bilan töğridan töğri qayta aloqa örnatiş imkonlari yaratiladi.

Loyiha doirasida dispetçerlik markazini öz içiga olgan yagona şahar platformasi taşkil etiladi. U orqali:

mahallalar hududidagi holat tezkor monitoring qilinadi, xizmat körsatiş işlari yuzasidan nazorat kuçaytiriladi;
katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi (Big Data) tahlili va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda obodonlaştiriş sohasini boşqariş sifati oşiriladi.

Mazkur axborot tizimlari fuqarolarning hayot şaroitini yaxşilaş, mahallalarda tartib-intizom va xavfsizlikni ta’minlaş, şuningdek, şahar boşqaruvida oçiqlik va javobgarlikni kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.