Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqadi
Foto: Jonathan Ernst / Reuters
AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqadi va unga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qiladi. Bu haqda seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp e'lon qildi.
«Bugun Qo‘shma Shtatlarning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqqanini e'lon qilaman», - dedi u va avvalroq noma'lum muddatga to‘xtatilgan sanksiyalarning yana faollashtirilishi haqidagi memorandumni imzolanishini qo‘shimcha qildi.
Tramp fikriga ko‘ra, Eron yadro dasturi bo‘yicha «Umumiy qo‘shma tadbirlar rejasi» saqlanib qolishi Yaqin Sharqda yadro qurollari poygasining boshlanib ketishiga sabab bo‘ladi.
«Agar bu kelishuvning saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ysam, tez orada Yaqin Sharqda yadro qurollari poygasi boshlanib ketadi», - dedi u.
Tramp bayonotiga ko‘ra, Eron tomonidan atom bombasining yaratilish ehtimoli Tehron rejimining mavjudligiga raxna soladi.
«Eron kelishuvi nazariy jihatdan Qo‘shma Shtatlar va ularning ittifoqdoshlarini Eron yadro qurolini aqlsizlarcha ishlatilishidan himoya qilishi kerak edi. Ammo, aslida u Eron rejimining saqlanib qolishiga raxna soladi», - dedi u.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025