AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Eron bilan uruşni töxtatiş böyiça muzokaralarni davom ettiriş uçun Pokiston poytaxtiga yöl oldi, deb xabar bergan Axios naşrining amerikalik manbalari.
Eron hozirga qadar muzokaralarning ikkinçi turida iştirok etişini rasman tasdiqlamagan. Axios naşri yozişiça, «Oq uy duşanba kuni kun böyi muzokaralar guruhini Islomobodga jönatiş uçun Tehrondan signal kutgan».
Naşr manbasi fikriça, eronliklar muzokaralar jarayonini Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan körsatilayotgan bosim tufayli çözişgan – harbiylar qat’iy pozitsiyada turib, Amerikaning Hörmuz böğozidagi blokadasi bekor qilinmagunça, heç qanday muzokara ötkazmaslikni talab qilgan.
«Eron muzokaraçilari jamoasi oliy rahnamoning [Mujtaba Xominaiy] ruxsatini kutişgan. Manbaga köra, bu ruxsat duşanba kuni keçqurun berilgan», – deya xabar beradi Axios.
Reuters agentligining Erondagi manbasi şu kunlarda rasmiy bayonotlarga qaramay, Eron muzokaralarda qatnaşiş imkoniyatini körib çiqayotganini, ammo qaror hali qabul qilinmaganini aytgandi. Pokistondagi manba esa agentlikka öt oçişni töxtatiş rejimi Vaşington vaqti bilan seşanba kuni 20:00 da yakunlanişini (Toşkent vaqti bilan çorşanbaga ötar keçasi soat 05:00) aytgan.
«Tramp amalda bir kun qöşdi. Öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvda közda tutilgan ikki haftalik muddat seşanba kuni tugasa-da, u duşanba kuni sönggi muddat – çorşanba kuni keçqurun bölişini aytdi», – deya yozadi pişet Axios.
Naşrning ikki manbasi Vens Pokistonga seşanba tongida uçib ketişini aytgan, uçinçi manba xabariga köra, u duşanba kuni keçqurun uçgan.
Oldinroq Reuters manbasi Vens hamon Qöşma Ştatlarda bölib turganini xabar qilgandi. Boşqa bir suhbatdoş esa aniqlik kiritib, Amerika delegatsiyasi hali parvozga çiqmagani, ammo tez orada Islomobodga yöl olişini aytgan.
CNN manbalari ham şu ma’lumotni tasdiqlagan. AQŞ va Eron delegatsiyalari vakillari muzokaralarning ikkinçi bosqiçi, 22 aprel kuni keçqurunga belgilanganini aytişgan. Ammo CNN suhbatdoşi ikki tomonning keskin bayonotlari tufayli vaziyat beqarorligiça qolayotganini qayd etgan.
Oq uydagilar CNN söroviga javoban, muddat böyiça rasmiy ma’lumot hozirça yöqligini bildirişgan, ammo şunday qöşimça qilingan: «Biz delegatsiya yaqin vaqtlar içida yölga çiqişini kutmoqdamiz, ammo bu aynan qaçon bölişi aniq emas».
AQŞ prezidenti Donald Tramp New York Post uçun bergan intervyusida Vens muzokaralarda qatnaşişini anons qilgandi. U muzokaralarning 11-12 aprel kunlari bölib ötgan birinçi bosqiçida ham Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qilgandi. Bundan taşqari, muzokaralarda Stiv Uitkoff va Jared Kuşner ham iştirok etişi kutilmoqda.













