23:50 / 08.05.2018
41980

AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqadi

Foto: Jonathan Ernst / Reuters

AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqadi va unga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qiladi. Bu haqda seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp e'lon qildi.

«Bugun Qo‘shma Shtatlarning Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqqanini e'lon qilaman», - dedi u va avvalroq noma'lum muddatga to‘xtatilgan sanksiyalarning yana faollashtirilishi haqidagi memorandumni imzolanishini qo‘shimcha qildi.

Tramp fikriga ko‘ra, Eron yadro dasturi bo‘yicha  «Umumiy qo‘shma tadbirlar rejasi» saqlanib qolishi Yaqin Sharqda yadro qurollari poygasining boshlanib ketishiga sabab bo‘ladi.

«Agar bu kelishuvning saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ysam, tez orada Yaqin Sharqda yadro qurollari poygasi boshlanib ketadi», - dedi u.

Tramp bayonotiga ko‘ra, Eron tomonidan atom bombasining yaratilish ehtimoli Tehron rejimining mavjudligiga raxna soladi. 

«Eron kelishuvi nazariy jihatdan Qo‘shma Shtatlar va ularning ittifoqdoshlarini Eron yadro qurolini aqlsizlarcha ishlatilishidan himoya qilishi kerak edi. Ammo, aslida u Eron rejimining saqlanib qolishiga raxna soladi», - dedi u.

Top