O‘zbekiston | 11:35 / 18.12.2019
31250
1 daqiqa o‘qiladi

Qamoqxonalar IIVdan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladimi? Vazir masalaga oydinlik kiritdi

Foto: TASS

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov jazoni ijro etish muassasalarining Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilish ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.

«Jazoni ijro etish muassasalari Adliya vazirligida emas, Ichki ishlar vazirligi tizimida to‘g‘ri turibdi. Qamoqxona va koloniyalarning bo‘ysinuvi bo‘yicha organ o‘zgargani bilan tizim o‘zgarib qolmaydi. Yaqin va o‘rta kelajakda bu masala ko‘rib chiqilmaydi», – dedi Ruslanbek Davletov.

Mavzuga oid