Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning o‘simliklar dunyosiga oid yangi qonun qabul qilindi
Foto: Google image
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘simliklar dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini qabul qilishdi. Ushbu hujjat, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi sifatida muhokamaga kiritilgan edi.
Qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘simliklar dunyosi obektlarini ishlab chiqish, foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro muomalalarni tartibga solishdan iborat.
Deputatlarning qayd etishlaricha, yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi, o‘simlik turlarining qisqarishi yoki yo‘qotilishining sabablarini bartaraf etish va oldini olishga, ulardan ilmiy asoslangan tarzda ratsional foydalanish, sohadagi yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga huquqiy zamin yaratadi.
Bundan tashqari, unda o‘simlik dunyosining noqonuniy yig‘ilgan va tayyorlangan obektlarini musodara qilish holatlariga oydinlik kiritilgan. Shuningdek, mazkur sohada paydo bo‘ladigan tortishuvlarni hal etish choralari, O‘zbekistondan yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarni olib chiqish va respublikaga olib kirish shartlari bayon etilgan.
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025