Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
O‘zbekistonda fuqarolarga qurilish uchun ajratilgan yer uchastkalarida barpo etilgan, shu jumladan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va inshootlarni rasmiylashtirish hamda tizimli hisobga olish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasiga muvofiq:
- qonun doirasida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan barcha turdagi ko‘chmas mulklar xatlovdan o‘tkaziladi, buning uchun yer uchastkasi egalaridan ariza talab etilmaydi;
- ajratilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “E’tirof” axborot tizimiga kiritiladi;
- Kadastr agentligi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
- xatlov jarayonida o‘zboshimchalik qurilish aniqlansa, fuqarolarga uy va inshootlarni qanday tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, xatlov ishlari yakunlanganidan so‘ng, uch oylik muddat ichida qurilish uchun ajratilgan yer maydonidagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar rasmiylashtirilmasa, ushbu obektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kadastr agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan esa tegishli nazorat inspeksiyalariga taqdim etiladi
Mavzuga oid
20:13 / 26.04.2026
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026