Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
“2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2026 yilda konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solindi.
Qonunning maqsadi 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etishga oid tartib-taomillarni belgilashdan iborat ekani qayd etildi.
Qonunga ko‘ra, 1-darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, 2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlangan:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
Qonunga muvofiq, 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi.
Mazkur qonun 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
10:07 / 03.04.2026