Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burama mixlar qanday ishlab chiqariladi - Mexmash zavodiga sayohat
Qurilish-ta'mirlash ishlarini burama mixlar, ya'ni shurup va samorezlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular qanday ishlab chiqarilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Mexmash zavodi bu qiziqarli jarayonni boshidan oxirigacha ichidan ko‘rsatib berishni va'da qilgach, Namanganga yo‘l oldik.
Namangan shahrida joylashgan “Mexmash” MChJ yuqori sifatli shurup va samorezlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, nafaqat O‘zbekiston bozorini, balki yaqin xorij bozorlarini ham o‘z mahsulotlari bilan ta'minlab kelmoqda.
Korxonaning ta'minot bo‘yicha direktor o‘rinbosari Adhamjon Ahadovga ko‘ra, hozirgi kunda Mexmash zavodida oyiga 1700 tonna mahsulot ishlab chiqarilib, shuning 10 foizi, ya'ni 170 tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.

“Maqsadimiz – 3-kvartaldan boshlab eksport hajmini 20 foizga olib chiqish”, – deydi Ahadov.

Mahsulot sifati korxona uchun asosiy tamoyil bo‘lib, buning uchun kompaniya Yevropa DIN standartiga muvofiq ishlab chiqilgan tashkilot standarti hamda ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi asosida to‘liq sifat nazoratini yo‘lga qo‘ygan.
Mahsulotlar umumiy sifat parametrlarini tekshirilishidan tashqari, qo‘llanish o‘rniga qarab amaliy sinovlardan ham o‘tkaziladi. Bundan maqsad – iste'molchilar uchun albatta sifatli mahsulot yetib borishini kafolatlashdir.
Ho‘sh, o‘rama mixlar qanday ishlab chiqariladi, ularning mustahkamligi va korroziyaga chidamliligi qanday ta'minlanadi – ko‘rsatuvimiz orqali bilib oling.




Hamkorlik istagini bildirgan tadbirkorlar quyidagi kanallar orqali menejyerlar bilan bog‘lanishlari mumkin:
Telefon: +998 78 2230917
Mobil: +998 90 2220440
Email: [email protected]
Telegram: t.me/mexmashofficial
Instagram: instagram.com/mexmashofficial
Sayt: www.mexmash.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 10.07.2020
Yangi qurilish mavsumiga “Mexmash” samorezlari bilan
15:00 / 08.05.2020
"Mexmash"dan bolalar uchun ajoyib tanlov va qimmatbaho sovg‘alar
16:49 / 16.04.2019
“Mexmash” samorezlari endi Rossiyada
18:05 / 29.11.2017