Namangan şahrida joylaşgan “Mexmash” MÇJ korxonasi yuqori sifatli şurup va samorezlar işlab çiqariş bilan şuğullanib, nafaqat Özbekiston bozorini, balki yaqin xorij bozorlarini ham öz mahsulotlari bilan ta'minlab kelmoqda.

Hozirda korxona Qirğiziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Rossiya kabi mamlakatlarga öz mahsulotlarini eksport qilmoqda. Endilikda Şarqiy Yevropa orqali Ğarbiy Yevropaga kirib boriş hamda Eron orqali Arab davlatlariga eksport sari intilmoqda.
Kuni keça zavod izlanişlarning samarasi ölaroq turli xildagi, jumladan, pressşaybali, yevrovint, ötkir tiğli, deraza romlari va sendviç panellar uçun maxsus samorezlarni ham işlab çiqariş yölga qöyildi. Ular maişiy hayotda keng qöllanişga möljallangan bölib, Tayvan texnologiyasi böyiça tayyorlanadi.
Kompaniyada işlab çiqariş yölga qöyilgan mahsulotlar:

Tom samorezlari – tom tunukalarini (profnastil) yoğoç yoki metall konstruksiyalarga qotirişda işlatiladi. Bu samorezda özining boş qismidan taşqari alohida EPDM rezina qoplamali şayba örnatilgan bölib, bu rezina suv yoki namlikni sizib ötişiga yöl qöymaydi. Yoğoçdan işlangan materiallarni örnatişda işlatiladi. Kiçik buramasi mavjudligi sababli yoğoç mahsulotlarini osongina burab, kirib ketişga möljallangan.Korxona turli ölçamda hamda turli ranglarda işlab çiqarişni yölga qöygan.

Tom samorezlarining yana bir turi – bu qalin metall konstruksiyalarga qotiriş uçun möljallangan sariq qoplamali samorez. Bu turdagi samorezlardan asosan metalni metalga qotirişda köproq foydalaniladi.

Sendviç panel samorezi – turli qalinlikdagi sendviç panellarni metal yoki yoğoçli konstruksiyaga qotirişda işlatiladi. Bu samorez ham sendviç panelni mustahkam uşlaşi va konstruksiya içiga namlik ötkazmasligi uçun EPDM qoplamali şayba bilan jihozlanadi. Samorez uç qismiga teşib kiriş uçun burğilovçi şakl berilgan.















