Oramizda tadbirkorlik faoliyatini boşlab, katta muvaffaqiyatga erişiş niyatida bölgan insonlar talaygina. Ayniqsa, dehqonçilik va fermer xöjaligi sohasida issiqxona biznesi hozirda şiddat bilan rivojlanib bormoqda. Köpçilik issiqxona qurdirayotganda xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotib olişni afzal bilişadi. Biroq Özbekistonda ham çet elnikidan qolişmagan holda zamon talablariga javob beruvçi, hamyonbop narxlardagi issiqxonalarni topiş mumkin.

“Mexmash” MÇJ – pölat quvurlar, şurup va zamonaviy issiqxona majmualari işlab çiqaruvçi köp tarmoqli korxona. Bugungi kunda korxonada 170dan ortiq işçilar işlaydi. Zavod hududi 6,84 gektarni taşkil etib, uning uçdan bir qismi işlab çiqariş maydonidan iboratdir.

Foto: Mexmash
Foto: Mexmash

“Mexmash” MÇJ 2010 yildan boşlab, tunnelsimon va gotik uslubdagi zamonaviy issiqxona majmualarini loyihalaştiriş, işlab çiqariş, örnatiş va texnik xizmat körsatiş bilan şuğullanib kelmoqda. Issiqxona konstruksiyasi korxonaning özida işlab çiqarilayotgan sinklangan pölat quvur va profillardan işlab çiqariladi. Hozirgi kunga qadar korxona yurtimiz böylab bir neça gektar maydonga zamonaviy sanoat issiqxonalarini qurgan bölib, bu issiqxonalar öz afzalliklarini körsatdi:

  • Maxsus gotik şakldagi konstruksiya mukammal havo aylanişi va quyoş nurlarining maksimal tarqalişiga imkon beradi.
  • Konstruktsiya kuçli şamolga çidamli va qor töplanişi ehtimolini kamaytiradi. Eng muhimi, ösimliklar ustiga kondensat tomçilari tuşmaydi.
  • Issiqxonalar barça zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan: ventilyatsiya, sovutiş tizimi, tumanlaştiriş, tomçilab suğoriş, CO2 uzatiş tizimi, iqlimni boşqariş tizimi va boşqalar.
  • Korxona mutaxassislari Özbekiston şart-şaroitlari böyiça çuqur könikmaga ega bölganligi sabab mijozlarga optimal yeçim taqdim etiladi.
  • Issiqxonalar örnatilib, işga tuşirilgaç, “Mexmash” MÇJ mutaxassislari agronomik va texnik xizmat körsatişga tayyor.