Senat 30 aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishni ma’qulladi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
83 senatordan 80 nafari qarorni qo‘llab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafari esa ovoz bermadi.
30 aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun uch kun ichida matbuotda e’lon qilinishi kerak. Saylov byulletenida «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol bo‘ladi.
Yangi Konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining bir qator lavozimlari, jumladan, Qonunchilik palatasi spikeri, Senat raisi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlar kengashi raisi, hokim, oliy sud raisi va rais o‘rinbosari, sudyalar oliy kengashining raisi va o‘rinbosari, MSK raisi va bosh prokuror lavozimlariga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, Bosh vazir nomzodini ko‘rib va ma’qullash vakolati Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga o‘tkazilmoqda.
“Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish institutini tugatish to‘g‘risidagi norma hokimlarning xalq vakillari oldida mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi”, deydi senator Narimon Umarov.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024