Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:19
1287
2 daqiqa o‘qiladi
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
Senat ma’qullagan qonun bilan, shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat mexanizmlari va ularning majburiyatlari belgilanmoqda. Ular vaqti-vaqti bilan vakolatli organlarga kelib, ro‘yxatdan o‘tib turishi kerak bo‘ladi.
Senat qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov / Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati 18 may kuni shartli ozod qilingan va tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga oid qonunni ma’qulladi.
Qonunga ko‘ra:
- jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchaytirilib, ularning vakolatli organlarga vaqti-vaqti bilan kelib ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyati belgilanmoqda;
- sudga shartli ozod qilingan shaxs zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishda advokat yoki shaxsning o‘zi iltimosnoma kiritishi uchun imkoniyat yaratilmoqda;
- shartli ozod qilishni bekor qilish tartibi aniqlashtirilib, ushbu masalalarni ko‘rib chiqish mahkum istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinishi nazarda tutilmoqda;
- shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazoratning huquqiy mexanizmlari, ularning majburiyatlari va nazoratni tugatish tartibi belgilanmoqda;
- tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari kamida ikki soat sayr qilishi hamda qo‘shimcha tarzda kiyim-bosh hamda poyabzal olishi belgilanmoqda;
- tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlarini va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ularga belgilangan pul miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravarigacha oshirilmoqda.
Senatorlar qonunni ma’qulladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026