Light | 16:05 / 03.02.2017
13509
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘lik uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan bir haftalik ish soatlari hisoblab chiqildi

Avstraliyalik olimlar mehnat qiluvchilarning sog‘lig‘i uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan bir haftalik ish soatlarini hisoblab chiqishdi. Bunday tadqiqot Social Science & Medicine jurnalida chop etildi. U haqda Avstraliya milliy universiteti qisqacha xabar berdi.

Mutaxassislar sog‘lom turmush tarzini kechirish uchun bir haftada 39 soatdan ko‘proq ishlamaslikni tavsiya qilishdi. Agarda bu vaqt oshsa, ekspertlar fikricha, bu ishchining ruhiy va jismoniy holatidagi buzilishlarga olib keladi, sababi inson o‘ziga yetarli darajada e'tibor qarata olmaydi.

Olimlar bunday xulosalarga deyarli sakkiz ming avstraliyalikning ish kuni va ular sog‘lig‘i joriy holatini tahlildan o‘tkazib kelishgan.

Mutaxassislar bir haftada 40 soatdan ko‘proq ishlovchi mamlakatning 24-65 yoshdagi fuqarolari taxminan uchdan ikki qismiga mehnat faoliyati uchun sarf etiladigan vaqtni qisqartirish tavsiya etishdi. Tadqiqot mualliflari ayollarga alohida e'tibor qaratgan – ular ishdan tashqari uyda ham ko‘plab yumushlarni bajaradi.

Mavzuga oid