Tahlilga ko‘ra, birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshgan. Bu o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan taxminan 4,4 ming donaga ko‘pdir.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga o‘sgan.

Ikkilamchi bozorda esa noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil realizatsiya qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.

Qayd etilishicha, ikkilamchi bozorda elektromobillar realizatsiyasi yillik hisobda 1,8 barobarga oshgan.