Sport | 16:23 / 16.08.2018
10410
1 daqiqa o‘qiladi

Sport TV Qatarga qarshi o‘yinni jonli translyatsiya qiladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo o‘yinlari guruh bosqichidagi 2-tur uchrashuvini Sport telekanali jonli efirda namoyish etadi. Bu haqda Jakartada bo‘lib turgan Kun.uz muxbiriga telekanal direktori Zohid Karimov ma'lum qildi.

«Anchagina murakkab o‘tgan muzokaralardan keyin Osiyo o‘yinlari namoyishi huquqini O‘zMTRKning Sport telekanali hozirgina qo‘lga kiritdi. Hozir bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv to‘g‘ridan to‘g‘ri «Sport» telekanalida namoyish etiladi», - dedi kanal rasmiysi.

Qatar bilan bo‘ladigan bahsni Toshkentdan Eldor Mustafoyev sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, 2-tur o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid