Bahrayn poytaxti Manama şahrida 30 oktabr kuni yoşlar örtasidagi uçinçi Osiyo öyinlari yakunlandi. Özbekiston sportçilari unda muvaffaqiyatli iştirok etib, umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.

Osiyo öyinlarida mutlaq ğoliblikni Xitoy sportçilari qölga kiritdi. Ularning hisobida 147 ta medal (63 oltin, 49 kumuş, 35 bronza) bor.

Özbekiston 81 ta medal (37 oltin, 16 kumuş, 28 bronza) bilan ikkinçi böldi. Bu özbekistonliklarning yoşlar örtasida Osiyo öyinlari tarixidagi eng yaxşi natijasidir.

Özbekistonliklar 183 nafar sportçi bilan 20 ta sport turida iştirok etdi.

Eng köp medalni dzyudoçilar keltirdi 14 ta (7 oltin, 4 kumuş, 3 bronza). Oğir atletikaçilar (7 oltin, 2 kumuş, 4 bronza) va sport kuraşçilari (3 oltin, 2 kumuş, 8 bronza) hisobida 13 tadan medal bor. Şuningdek, boksçilar 10 ta (5 oltin, 3 kumuş, 2 bronza) medal bilan umumjamoa muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qöşdi.

Oğir atletikaçilardan Munisbek Davletov, Marjona Abdumutalova va Dilnura Xoldorova Osiyo öyinlarida 2 tadan oltin medalni qölga kiritdi.

Medalçilarning 35 nafari ayollar bölib, 13 nafari oltin medal sohibi böldi.

Umumjamoa hisobida uçinçi örinni Qozoğiston (24 oltin, 29 kumuş, 40 bronza), törtinçi örinni Eron yoşlari (22 oltin, 18 kumuş, 36 bronza) egalladi.

Qöşnilardan Tojikiston 18-örinda (2 oltin, 3 kumuş, 15 bronza), Qirğiziston 21-örinda (1 oltin, 9 kumuş, 11 bronza), Turkmaniston 27-örinda (1 oltin, 1 kumuş, 4 bronza) qayd etildi.

Eslatib ötamiz, 2013 yilda Xitoyning Nankin şahrida ötkazilgan ikkinçi Osiyo öyinlarida Özbekiston 14-örinni (1 oltin, 2 kumuş, 5 bronza) egallagan edi. 2009 yilda Singapurda ötkazilgan birinçi Osiyo öyinlarida Özbekiston 20-örinda (3 bronza) qayd etildi. Aytiş joiz, uşbu musobaqalarda sport turlari va iştirokçilar soni ança kam bölgan.