Jamiyat | 23:07 / 17.02.2026
13253
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi

Ayol voyaga yetmagan farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Foto: Toshkent shahri IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol o‘z farzandi hayotini xavfga solib, 7-qavat derazasidan tashqariga chiqargani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent IIBB izoh berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ta’kidlanishicha, hozir N.K. ruhiy holatini tekshirish maqsadida, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Uning farzandiga zarar yetmagani hamda u yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid