11:46 / 25.05.2023
14341

«Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod oblastidagi amaliyotda faqat ikki jangchisini yo‘qotganini tan oldi

RF mudofaa vazirligi «bosqin» ishtirokchilarining 70 nafardan ortig‘i o‘ldirilganini da’vo qilgandi.

Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

«Rossiyaga ozodlik» va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» (RKK) Belgorod oblastidagi amaliyot chog‘ida o‘z bo‘linmalaridan jami 12 kishi safdan chiqqani, shundan 10 nafari yaradorlar ekanini ma’lum qilishdi. Bu haqdagi bayonot Sumi oblastida jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanidan keyin «Rossiyaga ozodlik»ning telegram-kanalida berilgan.

«Operatsiyadagi jami yo‘qotishlar ikki qurbon va o‘n yaradordan iborat bo‘ldi. G‘alaba qozona olmaydigan va shuning uchun bizning katta yo‘qotishlarimiz haqidagi raqamlarni chizadigan propagandachilarning ikkiyuzlamachi gaplariga ters o‘laroq», — deyiladi legion matbuot xizmati xabarida. Avvalroq RF mudofaa vazirligi «bosqin»ning 70 dan ortiq ishtirokchisi o‘ldirilganini xabar qilgandi.

Bundan tashqari, bo‘linma matbuot xizmati «Rossiyaga ozodlik» legioni va RKK «ko‘p miqdordagi texnikalarni o‘lja qilgani va asir olgani» haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, press-relizda aytilishicha, legion va RKK jangchilari Rossiya hududida rossiyalik harbiylar Baxmutda Ukraina qurolli kuchlaridan olib qo‘ygan texnikalardan foydalanganini ma’lum qilgan. «Biz bu texnikalarni muvaffaqiyat bilan «qayta o‘lja qildik» va ortga qaytardik», — deyiladi xabarda.

Qolaversa, «Rossiyaga ozodlik» legioni rossiyalik harbiylarni Belgorod oblasti shaharlarini o‘qqa tutishda ayblagan: «Biz Putin qo‘shinlarining vijdonsizligi va shafqatsizligiga guvoh bo‘ldik: legionerlar mahaliliy aholiga tegmasdan, yashash manzillari atrofidan o‘tayotganida, RF qurolli kuchlari stvolli artilleriyasi va aviatsiyasi tinch shaharlar bo‘ylab ishladi».

O‘z navbatida «operatsiya» ishtirokchilaridan biri «Novaya gazeta Yevropa» nashriga bergan intervyusida rossiyalik harbiylar «nafaqat RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni jangchilari turgan chekkalarni, balki bo‘linma jangchilari egallab olgani taxmin qilingan binolarni ham o‘qqa tutgan.

  • Belgorod oblasti hukumati 22 may kuni Grayvoron shahar okrugidagi qishloqlarga «Ukraina qurolli kuchlari diversiya-razvedka guruhlari» kirgani haqida xabar bergandi. Telegram-kanallar Glotovo, Kozinka va Gora-Podol aholi yashash manzillarida bo‘lib o‘tgan janglar haqida xabar bergan.
  • Bu aksiya uchun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga olgan — bular Ukraina qurolli kuchlari tomonida turib jang qilayotgan bo‘linmalardir. Keyinroq The New York Times nashri Rossiya hududiga kirib kelgan bo‘linmalarning yo‘qotishlari «arzimas» darajada bo‘lgani haqida xabar berdi.
  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak vaziyat yuzasidan bergan izohida «Ukraina Rossiyaning Belgorod oblastida ro‘y berayotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatayotgani va vaziyatni o‘rganayotgani, ammo unga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador emasligi»ni ma’lum qilgan.
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top